Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil HAMAS guruhining harbiy va siyosiy salohiyatini muntazam ravishda yo‘q qilishda davom etmoqda; birinchi bosqich ularning hujumini to‘xtatishni, ikkinchisi — ularga aviazarbalar berishni o‘z ichiga oldi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: Reuters
“Uchinchi bosqich — G‘azo sektoriga quruqlikdan bostirib kirishni kengaytirish. Isroil armiyasi buni o‘lchovli, juda kuchli qadamlar bilan amalga oshirmoqda, tizimli ravishda bosqichma-bosqich harakat qilmoqda”, — dedi Netanyaxu.

U Livanning “Hizbulloh” guruhiga yana murojaat qilib, Isroil shimoliy chegarani mustahkamlash ustida ish olib borayotganini ta’kidladi va bu guruh jangga “to‘liq qo‘shilishga qaror qilsa, bir umrlik xatoga yo‘l qo‘yishi” haqida ogohlantirdi.

“Siz tasavvur ham qila olmaydigan zarbani olasiz”, — deb va’da berdi Isroil bosh vaziri.

U, shuningdek, agar HAMAS mag‘lub bo‘lmasa, “yovuzlik o‘qi g‘alaba qozonishini” va G‘arb davlatlari ham, butun arab dunyosi ham mag‘lub bo‘lishini da’vo qildi.

7-oktyabr kungi HAMAS hujumidan so‘ng Isroil G‘azo sektoridagi obyektlarga havodan zarbalar berib, anklavda reydlar o‘tkazdi. Deyarli uch hafta o‘tib, 27-oktyabr kuni Isroil armiyasi operatsiya kengaytirilganini e’lon qildi. Xuddi shu kuni Isroil urush boshlanganidan beri G‘azo sektoriga eng yirik zarbalarini berdi. 30-oktyabr kuni mudofaa vazirligi G‘azoga qo‘shimcha zirhli texnika va piyoda qo‘shinlar yuborilishini e’lon qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »