Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil armiyasi qo‘mondonligi G‘azo sektoriga quruqlikdan bostirib kirish bo‘yicha yakuniy rejani ishlab chiqdi, biroq bosh vazir Binyamin Netanyaxu uni imzolashdan bosh tortdi, bu esa yuqori martabali zobitlarni g‘azablantirdi, deb yozmoqda The New York Times manbalarga tayanib.

Foto: Reuters

Buning sabablaridan biri — HAMAS hujumidan keyin muxolifat vakillari bilan birgalikda tuzilgan favqulodda hukumat a’zolarining operatsiyani bir ovozdan ma’qullash istagi, deya tushuntirdi suhbatdoshlar. Nashr bilan gaplashgan tahlilchilarning qo‘shimcha qilishicha, Netanyaxu reja muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, jamoatchilikning unga bo‘lgan ishonchi pasayishi va ayblovlar qo‘yilishidan qo‘rqib, rejani mustaqil ravishda tasdiqlashdan ehtiyot bo‘lmoqda.

Netanyaxu va harbiylar o‘rtasida o‘zaro shubha paydo bo‘lgan, bu shu qadar kuchaydiki, siyosiy hokimiyat armiya qo‘mondonligi yig‘ilishlariga ovoz yozish moslamalarini olib kirishni taqiqlab qo‘ydi, dedi manbalar nashrga. Suhbatdoshlar bu qarorni urush tugaganidan keyin boshlanishi mumkin bo‘lgan tergov jarayoniga to‘sqinlik qilishga urinish deb baholadi.

Ularning orasidagi bo‘linish urushdagi maqsadlar bilan bog‘liq. Netanyaxu HAMASni yo‘q qilish bilan bir vaqtda barcha garovga olinganlarni ozod qilishga intilmoqchi, ammo bu maqsadlar o‘rtasida muvozanatni topish juda qiyin, deb tushuntirdi manbalar. NYT qayd etishicha, kelishmovchilik 26-oktyabr kuni kechqurun, mudofaa vaziri Yoav Gallant omma oldida nutq so‘zlaganda garovga olinganlarni qutqarishni Isroil armiyasi maqsadlariga kiritmagani ortidan paydo bo‘lgan. Bundan tashqari, Isroilning siyosiy va harbiy rahbarlari bosqinni qachon va qanday boshlash borasida turlicha fikrda. 

Maariv gazetasi hujumdan ikki hafta o‘tib o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, isroilliklarning aksariyati (80 foiz) Netanyaxuni HAMASning mamlakatga hujumi uchun javobgarlikka tortishni qo‘llab-quvvatlamoqda. O‘tgan yilgi saylovlarda uning “Likud” partiyasiga ovoz berganlarning 69 foizi ham xuddi shunday fikrda edi. So‘rovda qatnashganlarning atigi 8 foizi Netanyaxuni ushbu voqealar uchun javobgarlikka tortish zarur emasligini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »