Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yamandagi husiy isyonchilari bilan to‘qnashuvlar ortidan Saudiya Arabistoni armiyasi yuqori shay holatga keltirildi, deb yozmoqda Bloomberg manbalarga tayanib.

Foto: Getty Images

Manbalarga ko‘ra, o‘tgan hafta janubi-g‘arbiy Jazan viloyatida husiylar bilan jangda Saudiya Arabistonining to‘rt nafar askari halok bo‘lgan — armiya qirollik hududi ustida Isroil tomonga otilgan raketani tutib olgan.

Husiylar tomonidan raketa uchirilganidan keyin Saudiya Arabistoni armiyasining barcha tarmoqlarida yuqori ogohlantirish protokollari faollashtirildi.

Raketa hujumi hodisasi aprel oyida Ar-Riyod husiylar bilan dastlabki sulhni tuzganidan beri ilk bor Saudiya harbiy xizmatchilarining o‘ldirilishi bo‘ldi. Vaziyat keskin tus olishidan oldin, tomonlar kelishuvga erishishga yaqin edi.

Ma’lumot uchun Yamanda 2011-yildagi “arab bahori”dan keyin mamlakatda fuqarolar urushi boshlangan. O‘shanda husiylar (shia musulmonlari) mamlakat poytaxti Sana shahrini nazorat ostiga oldi va keyingi yili hokimiyatni ham egalladi. Janubiy Yamandagi sunniy partiyalar husiylar hokimiyatini tan olmadi.

Sunniylarni Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlaydi. Yaman husiylarini esa Yaqin Sharqdagi boshqa shia guruhlari qatori Eron qo‘llab-quvvatlaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »