Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikalik xonanda Teylor Sviftning boyligi muvaffaqiyatli o‘tgan “Eras” turidan keyin 1 milliard AQSH dollaridan oshdi.

Maʼlumotlarga ko‘ra, xonanda 2019-yildan buyon musiqiy taqdimotlari ortidan 400 mln, konsert chiptalari va merchlar sotuvidan 370 mln, Spotify va YouTube platformalaridan 120 mln, o‘z qo‘shiqlarini boshqa usullar bilan sotish orqali 80 mln AQSH dollari miqdorida daromad ko‘rgan. Shuningdek, xonandaning nomida qiymati 110 mln AQSH dollaridan oshadigan ko‘chmas-mulk ham bor.

Foto: Getty Images

Joriy yilda Svift umumiy hisobda 53 marta chiqish qilgan va bu AQSH YaIM ko‘rsatkichini 4,3 milliard dollarga oshirgan. “Eras” turi doirasida Shimoliy Amerikaning o‘zida 57 marta konsert bergan va tez orada yana 89 marta konsert berishni reja qilgan. Xonandaning konsertiga kirish chiptalarining o‘rtacha narxi 254 dollarga teng, ammo “qo‘lda” ularning narxi bir necha barobarga qimmatroq.
Maʼlumot uchun, Teylor Svift ayni vaqtda 33 yoshda. U o‘zining qo‘shiqlari, musiqiy chiqishlari va to‘g‘ri tanlangan marketing usullari yordamida 1 milliard AQSH dollaridan ko‘p pul ishlab topgan dunyodagi sanoqli xonandalardan biri hisoblanadi.

Foto: Getty Images

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27-oktyabr kuni Svift “1989” deb nom olgan va ilk marta 2014-yilda taqdim etilgan beshinchi musiqiy albomining yangi versiyasini muxlislar eʼtiboriga havola qilgan edi. Jamlanmadan umumiy hisobda 21 ta trek joy olgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »