Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Farg‘ona shahrida Gentra haydovchisi YPX xodimining talabiga bo‘ysunmay, xodim ustiga mashinani boshqardi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Kadr: Telegram

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan huquqbuzar haydovchiga nisbatan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilgan va Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, haydovchi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddasining (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 2-qismi bilan aybdor deb topilgan va unga 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Sudda haydovchi bundan avval ham bunday huquqbuzarlikni sodir etgan. U qilgan ishidan pushaymon ekanini va bu ishni qayta sodir etmasligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, mart boshlarida Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida ichki ishlar organi xodimining ovqatlanib o‘tirgan joyiga bostirib kirib, tasvirga olgan va ijtimoiy tarmoqlarga tarqatganlarga chora ko‘rilgandi. Shuningdek, aprel oyida Toshkentda ichki ishlar xodimini o‘ldirib, yoqib yuborgan 3 erkakka hukm o‘qilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »