Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlarning Birinchi transport forumida O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘lini qurish ishlari qachon boshlanishini maʼlum qildi.

Ilhom Mahkamov
Foto: Transport vazirligi axborot xizmati

Ilhom Mahkamovning aytishicha, Xitoydan Qirg‘iziston orqali O‘zbekistonga avtotransport harakati uchun sharoit yaratib berilgan.

“Galdagi asosiy harakatimiz Qirg‘iziston hududida temiryo‘l qurish loyihasi turibdi. Bu bo‘yicha uchta mamlakat — Xitoy, Qirg‘iziston, O‘zbekiston birgalikda texnik-iqtisodiy asoslarni ishlab chiqqan.

Bugungi kunda ushbu loyihani kim amalga oshirishi bo‘yicha muzokaralar olib boryapmiz. Qurilish ishlarini kelgusi yildan boshlashni maqsad qilganmiz”, — dedi transport vaziri.

Uning qo‘shimcha qilishicha, mazkur temiryo‘l qayerlarda qurilishi va yo‘nalishlari kelishilgan.

Avvalroq Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi Yuy Szyun Xitoy bu loyihaga jiddiy qarashi va hozirgi kunda doimiy ravishda kelgusi qadamlar borasida kelishuvlar olib borilayotganini aytib o‘tgandi.

To‘xtab qolgan loyiha

O‘zbekiston—Qirg‘iziston—Xitoy temiryo‘l loyihasi ko‘p yillardan beri ortga surib kelinadi. 2018-yilda mazkur loyiha birgalikda tayyorlanayotgani aytilgan edi.

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston va Qirg‘iziston yetakchilari temiryo‘l qurish borasidagi saʼy-harakatlarni faollashtirishga ahdlashib olgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »