Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Silk Road briefing nashri Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi qoldirilgani haqida xabar bergandi. Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari Bakit Toroboyev mazkur ma’lumotni rad etdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

 

Qirg‘iziston hukumati rasmiy vakiliga ko‘ra, bu ma’lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. U yaqinda Xitoyga amaliy tashrifi doirasida tegishli tomonlar bilan loyiha bo‘yicha muzokaralar o‘tkazganini aytdi.

“Temiryo‘l qurilishi keyinga surilgani haqidagi xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi Toroboyev.

Rasmiyning ta’kidlashicha, hozirda texnik-iqtisodiy asoslarni (TES) ishlab chiqish bo‘yicha ishlar yakunlangan.

“Hozir uch davlat bilan hamkorlikda quriladigan temiryo‘lni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Aniqrog‘i, moliyalashtirish modelini tanlash bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda. Bishkekda bu temiryo‘l qurilishi bo‘yicha uch davlatning qo‘shma idorasi ochilganini yaxshi bilasiz”, — dedi u.

Bakit Toroboyev muhokama qilinayotgan loyiha Qirg‘iziston uchun kelajakda juda muhim va foydali ekanini ta’kidlab, tasdiqlanmagan manbalarga tayanib, olib borilayotgan ishlarni obro‘sizlantirgan yolg‘on ma’lumotlar bermaslikka chaqirdi.

Xitoy—Qirg‘iziston–—O‘zbekiston temiryo‘li qurilishi loyihasi bo‘yicha 2022-yil sentabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan SHHT sammiti doirasida uch davlat vakillari tomonidan kelishilgan edi. 2023-yilning 29-aprelida temiryo‘l loyihasining texnik-iqtisodiy asoslari tayyorligi ma’lum bo‘lgan. 19-mayda esa temiryo‘l qurilishi bo‘yicha uch tomonlama hujjat imzolangandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »