Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH Savdo vazirligi O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan Mvizion kompaniyasiga qarshi sanksiyalar kiritdi. Bu haqda AQSH Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi saytida ma’lum qilingan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniya 2022-yil iyun oyida ro‘yxatga olingan. Ushbu kompaniyaning ustav kapitali 1 million dollarni tashkil etadi.

Qayd etilishicha, “Mvizion” elektron va telekommunikatsiya uskunalarini ulgurji yetkazib beradi.

Amerika departamenti, shuningdek, “Pochta Bank”, Butunrossiya mintaqaviy taraqqiyot banki (RRDB), Rossiya standart banki va boshqa Rossiya tashkilotlarini qora ro‘yxatga kiritgan. Ma’lum qilinishicha, jami 30 dan ortiq jismoniy va 200 dan ortiq yuridik shaxslarga nisbatan jazo choralari qo‘llanilgan.

Avvalroq Frankfurt-Mayn sudi Germaniya Bosh prokuraturasi tomonidan milliarder Alisher Usmonovga nisbatan tergov doirasida olib qo‘yilgan hujjatlar va mol-mulkning musodara qilinishini noqonuniy deb topdi va ularni qonuniy egalariga qaytarishni buyurgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »