Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov sanksiyalarni olib tashlash uchun Rossiyaga qarshi pozitsiyani egallagan rossiyalik tadbirkorlarni qoraladi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: “Kommersant”

“Sanksiyalarning o‘zi ham, uni bekor qilish mantig‘ini ham tushunmayapmiz. Bu mantiqni Yevropaning o‘zida kimdir tushuntira olishi dargumon. Sanksiyalardan chiqishga kelsak. Biz Rossiyaga qarshi pozitsiyalarga sirpanib, 12 kumush tanga evaziga o‘zini sanksiyalardan chetlashtirishga urinayotgan tadbirkorlar borligini bilamiz. Bu xoinlar.

O‘z manfaatlarini sudda tizimli va uslubiy himoya qiladigan tadbirkorlar bor. Bu har qanday tadbirkorning huquqi va buni hurmat qilamiz”, — dedi Peskov.

Kreml vakilining ta’kidlashicha, tadbirkorlarga qarshi sanksiyalar, rus biznesning xususiy mulkini tortib olish, moliyaviy va boshqa aktivlariga hujumlar “barcha qonunlar va umuman xalqaro qonunchilikka ziddir”.

13-sentabr kuni Yevropa Ittifoqi Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bostirib kirishi sababli to‘rt nafar rossiyalikka nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni uzaytirmadi.

  • Yevropa Ittifoqi investor va milliarder Farhod Ahmedov,
  • EСH guruhi direktorlar kengashi raisi Grigoriy Berezkin,
  • Ozon kompaniyasining sobiq rahbari Aleksandr Shulginga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar uzaytirilmadi.

Shuningdek, Rossiya armiyasining marhum polkovnigi Georgiy Shuvayev ham sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarildi.

Ukrainadagi urush tufayli qo‘llanilgan G‘arb sanksiyalaridan chiqarilgan birinchi rossiyalik Oleg Tinkov bo‘ldi. Buyuk Britaniya hukumati iyul oyida Tinkovga qarshi shaxsiy sanksiyalarni bekor qildi. AQSH va Avstraliyadan tashqari boshqa G‘arb davlatlari Tinkovga qarshi sanksiyalar qo‘llamagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »