Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniyaning Frankfurt-na-Mayne shtati sudi tadbirkor Alisher Usmonovning Myunxendagi advokatlari ofisida tintuv o‘tkazish bo‘yicha yanvar oyida chiqarilgan orderni noqonuniy deb topdi va bekor qildi. Bu haqda Die Zeit va Frankfurter Allgemeine Zeitung nashrlari sud qaroriga tayanib, xabar berdi. Germaniyada tadbirkor pul yuvish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilinmoqda; u ayblovlarni rad etgan.

Foto: “TASS”

Qaror iyul oyi oxirida qabul qilingan. Sud prokuratura keltirgan dalillarini “noaniq shubhalar” va “asossiz taxminlar”ga asoslangan deb topdi. Sud, shuningdek, ayblovchi tomonning advokatlar Alisher Usmonov bilan ishlash davomida sanksiyalarni buzgani haqidagi fikrlari asossiz, degan xulosaga keldi.

2022-yilning kuzida Germaniya prokuraturasi Alisher Usmonovning manfaatlarini himoya qiluvchi Myunxendagi advokatlik idorasiga qarshi jinoiy ish ochgan edi. Prokuratura advokatlarni Germaniya Federativ Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonunini buzganlikda va Usmonovga iqtisodiy resurslar taqdim etganlikda gumon qilgan. 2023-yil fevral oyida advokatlar ofisida tintuv o‘tkazilgan.

Jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga advokatlar Germaniya Federal bankining ruxsatisiz o‘z xizmatlari uchun avans olgani sabab bo‘lgan. Prokuratura Alisher Usmonov bu mablag‘larni o‘z manfaatlari yo‘lida ishlatgan bo‘lishi mumkinligi, bu esa Yevropa Ittifoqining unga nisbatan sanksiyalarini buzishini ta’kidlagan.

May oyida Frankfurt-na-Mayne sudi 2022-yil sentabr oyida Germaniyadagi ko‘chmas mulk va “Dilbar” yaxtasini tintish bo‘yicha chiqarilgan qarorlarni noqonuniy deb e’lon qildi. Tintuvlar Germaniyada Alisher Usmonovga nisbatan pul yuvishda gumon qilinayotgan ish bo‘yicha tergov ishlari doirasida o‘tkazilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »