Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Gamburg hududiy sudi 24-avgust kuni xalqaro maydonda biznesmenlarning obro‘sini himoya qilish kontekstida namuna bo‘ladigan qaror qabul qildi. Bu haqda EU Today xabar berdi.

Foto: “Forbes.ru”

Alisher Usmonov Avstriyaning Kurier gazetasini Rossiya prezidenti Vladimir Putin uni o‘zining “sevimli oligarxi” deb atagani haqidagi maqolasi yuzasidan sudga berdi. Sud qarorida quyidagilar keltirilgan:

“Kurier jurnalistlari Putin Usmonovni o‘zining ‘sevimli oligarxi’ deb atagani haqidagi da’vosining haqqoniyligini isbotlay olmadi”

Putinning tegishli bayonoti to‘g‘risida ommaga ochiq hech qanday ma’lumot yo‘qligini hisobga olib, sud ushbu da’voni faktlar bilan tasdiqlanmagani sababli tarqatishni taqiqladi.

Shuningdek, qarorda bunday bayonotlar tadbirkorning obro‘siga salbiy ta’sir ko‘rsatishi va uning huquqlarini buzishi mumkinligi ta’kidlangan.

Avvalroq Usmonovning advokatlari Yevropa Ittifoqi sudiga biznesmen jamoat arbobi sifatida ommaga keng tanilgani va Rossiyaning eng boy odamlaridan biri sifatidagi obro‘si sanksiyalarga asosiy nomzod qilib qo‘ygani uchun yevropalik rasmiylar “qurboni”ga aylanganini aytgandi.

Rossiya va O‘zbekiston fuqaroligini olgan Usmonov asosan O‘zbekistonda yashaydi. Milliarder shaxsiy xayriya loyihalariga e'tibor qaratish uchun biznesni tark etganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »