Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Xalqaro sanksiyalar ostida qolgan rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov Germaniya Federal Konstitutsiyaviy sudiga o‘zining “Dilbar” yaxtasida o‘tkazilgan tintuvlar yuzasidan da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqda Die Welt xabar berdi.

Foto: AutoMotor

Usmonov bu tintuvlarni inson qadr-qimmatiga tajovuz va uy-joy daxlsizligi huquqini buzish deb hisoblagan.

Milliarder Rossiya rejimini qo‘llab-quvvatlamagani uchun unga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilishiga “asoslar yo‘qligi”ni, sanksiya ro‘yxatiga kirgach, aktivlari to‘g‘risida hisobot berishi kerakligi haqidagi qonunning “konstitutsiyaga zidligi”ni ta’kidladi.

Milliarderning fikricha, bu band uning o‘ziga qarshi guvohlik bermaslik huquqini buzadi.

  • 2022-yil sentabrida Germaniya huquq-tartibot idoralari tergovchilar Usmonovga aloqador bo‘lgan 24 ta obyektda tintuv o‘tkazgan. Xususan, tintuvlar Tegernzee ko‘lidagi villada va “Dilbar” yaxtasida bo‘lgan. Keyinchalik tintuvlar davomida umumiy qiymati 5 million yevroga teng hujjatlar va 30 ta rasm musodara qilingan.
  • 2023-yil may oyida Frankfurt sudi pul yuvish bilan bog‘liq ish bo‘yicha Usmonovning uyida o‘tkazilgan tintuvlarni noqonuniy deb topgan. Der Spiegel nashri esa bir ish bo‘yicha tintuvning noqonuniyligini tan olish milliarderning hibsga olingan mol-mulkini qaytarish uchun asos bo‘lmasligi, chunki tintuvlar bir nechta jinoiy ishlar bo‘yicha o‘tkazilganini yozgan. Usmonov sanksiyalarni buzish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashda gumon qilinmoqda.
  • Rossiyaning Ukrainaga hujumidan keyin Usmonov boshqa ko‘plab rossiyalik tadbirkor va siyosatchilar singari Yevropa Ittifoqi, AQSH, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Avstraliya va boshqa mamlakatlarning sanksiyalari ostida qoldi. Milliarder Yevropa sanksiyalariga sud orqali e’tiroz bildirmoqchi.

Alisher Usmonovning Ukrainadagi urushga munosabati

Usmonov Corriere Della Serra nashriga bergan intervyusida Ukrainadagi urush uning biznesiga qanday ta’sir qilgani, Kremlning oligarxlarga “bosimi”, Sardiniyadagi muzlatilgan mulki haqida gapirgandi. Milliarder Ukrainani bosib olish to‘g‘rimi, degan savolga quyidagicha javob bergan:

“Men siyosatdan uzoqdaman, odamlarni bo‘lish o‘rniga ularni birlashtira oladigan sohalarni afzal ko‘raman: sport, biznes, xayriya. Men Ukrainadagi harbiy harakatlar qurbonlarining barchasiga yaqinman, umid qilamanki, bu fojiali konflikt tez orada tugaydi va diplomatiya nihoyat o‘z rolini o‘ynaydi. Biz tezlikda yo‘qolgan o‘zaro ishonchni tiklashimiz kerak. Yevropaliklar ham bundan istisno emas”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »