Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“O‘g‘irlanmagan kelin”, “O‘tkinchi dunyo”, “Devdas”, “Vir va Zara” va boshqa filmlar dunyo tomoshabinlarning qalbini zabt etgan hind aktyori Shohrux Xon 2-noyabr kuni 58 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan quyida mahoratli hind aktyorining hayoti, ijod yo‘li va rafiqasi Gauri Xon bilan qanday tanishgani haqida so‘z yuritiladi. 

Shohrux Xonning oilasi va bolaligi haqida 

Foto: Bollywoodtime
 


Bollivud aktyori Shohrux Xon Hindistonda tug‘ilgan, biroq uning asli kelib chiqishi eronliklarga borib taqaladi. Bo‘lajak aktyorning ota-onasi advokat bo‘lgani hamda yaxshi pul topgani bo‘lajak aktyorning hayotida katta yordam bergan. U bolaligidanoq maktab teatr jamoasi tarkibida turli xil sahna ko‘rinishlarida ishtirok etadi. Shuningdek, sportning yugurish turini juda yaxshi ko‘rgan va hatto shahar musobaqalarida ham g‘olib bo‘lgan.

Sportda emas, kino olamda muvaffaqiyat qozongan aktyor 

Maktabni tugatish arafasida Shohrux Xonning oldida ikki yo‘l turardi: sport yoki san’at. U sportni tanladi, biroq oxirgi tibbiy ko‘rikda unga yurak kasalligi tashxisini qo‘yildi. Shundan keyin Xon aktyor bo‘lishga qaror qiladi. Ammo o‘sha paytda otasining vafoti va onasining qistovi bilan birinchi iqtisodchi ma’lumotini olishga kirishdi. Institutda o‘qish mobaynida ham teatrda rol o‘ynashni davom ettirdi. U allaqachon professional aktyor bo‘lishni xohlayotganiga qat’iy ishongan edi.

Foto: Bollywoodtime
 

Reklamalardan yuqori daromad topadi

Aktyor kinodagi gonoraridan tashqari, reklamalardan ham anchagina daromad oladi. Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, uning umumiy boyligi 800 million dollardan oshib ketgan. Bunday boylikka ega aktyor ko‘plab xayriya ishlaridagi faol tashabbusi bilan muxlislari qalbidan yanada chuqur joy egallagan.

Foto: Bollywoodtime
 

Sevgi tarixi 

Shohrux Xon rafiqasi Gauri Chibberni ilk marta 1984-yilda, 18 yoshida do‘stining uyida tashkil etilgan bazmda ko‘rgan. U Gaurini boshqa bola bilan raqsga tushayotganini ko‘radi, biroq uning uyatchan tabiati tufayli yaqinlashishdan qo‘rqadi. Nihoyat aktyor o‘zida kuch topgach, uni raqsga taklif qildi, Gauri esa yigitini kutayotganini aytib, Shohrux Xonni rad etadi. Shu paytda Shohruxning sevgi haqidagi orzulari puchga chiqadi.

Aslida, Gaurining “do‘sti” yo‘q edi, u ziyofatga birga kelgan ukasini kutayotgan edi. Shohrux o‘z intervyusida bundan xabar topgach, Gauriga qo‘ng‘iroq qilib: “Meni ukangiz bilan tanishtirasizmi?” — deb so‘raganini eslaydi. Shundan keyin, ularning go‘zal munosabatlari boshlandi.

Foto: Bollywoodtime
 

Gauri Shohruxning zukkoligi, ishonchi va uslubiga maftun bo‘ladi. Biroq bu sevgidan Shohrux Xon o‘zini yo‘qotib qo‘yadi va u Gaurining boshqa yigitlar bilan gaplashishi u yoqda tursin, unga sochini yoyib yurishni ham taqiqlaydi. Aynan o‘sha paytda Gauri bu munosabatlardan tanaffus qilish kerakligini tushunib yetadi. Tug‘ilgan kunini Shohrux bilan nishonlagan kunning ertasiga u bildirmay dugonalari bilan Mumbayga jo‘nab ketadi.

Foto: Bollywoodtime
 

Shundan keyin Shohrux Gaurini sevishini anglab yetadi. Aktyor juda yaqin bo‘lgan onasi bilan his-tuyg‘ularini baham ko‘radi. Uning onasi o‘g‘lini nafaqat so‘z bilan qo‘llab-quvvatladi, balki unga yordam berish uchun 10 000 rupiy ham beradi. Shohruh do‘stlari bilan birga uni butun shahardan qidirib, Gaurini sohilda topgani haqida gapirib bergan. Ikkovi ham bir-birlarining ko‘zlariga tikilib, quchoqlashib yig‘lagan. Shu payt ular alohida yashay olmasligini tushunib, turmush qurishga qaror qiladi.

Gauri hindu brahmanlar oilasiga mansub edi. Uning otasi sof vegetarian edi va hatto ularning uyida ma’bud ham bor edi. Shohrux Xon esa musulmon bo‘lgan. Gaurining ota-onasi ularning munosabatlariga rozi bo‘lmasligi aniq edi. Sababi, Hindistonda din muhim ahamiyatga ega. Qolaversa, Shohrux o‘sha paytda “hech kim” bo‘lib, vaziyat juda beqaror bo‘lgan.

Foto: Bollywoodtime
 

“Ota-onam bizning nikohimizga qarshi edi. Ular bizni juda yosh deb hisoblardi, shuningdek, aktyor bo‘lishni istagan musulmon kuyovni ham xohlamas edi”, — deydi Gauri.

Shohrux va Gauri ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechirgan. Ular besh yil davomida o‘z munosabatlarini qarindoshlaridan yashirishdi va ota-onasini sevgilarining jiddiyligiga ishontirish uchun hamma narsani qilishdi. Nihoyat, Shohruh Gaurining ota-onasining duosini olishga muvaffaq bo‘ldi va 1991-yil 25 oktyabrda ular turmush qurishdi. Aktyor rafiqasini hurmat qiladi: “Men Gaurini juda yaxshi ko‘raman. U mening bir bo‘lagim”, — deydi Shohrux Xon. Gauri esa: “Shohruh mening hayotimdagi birinchi va yagona odamim”, — deb ta’kidlaydi.

Foto: Bollywoodtime
 

Shohrux Xon va Gaurining turmush qurganiga 32 yil bo‘lgan, shunga qaramay juftlikning munosabatlari hali ham mustahkam. Ular uch nafar farzandni: o‘g‘illari Aryan va Abram va qizi Suxanani tarbiya qilmoqda. Juftlikning bir-biriga bo‘lgan sevgisi, sadoqati, ishonchi, nafaqat kino olamdagi va undan tashqaridagi barcha juftliklar uchun o‘rnak.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »