Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarovning rafiqasi Oygul Japarova (Asanbayeva) turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Prezident axborot xizmati

Oygul Japarovaning aytishicha, Sadir Japarov bilan 1990-yillarda tanishgan.

“Men 10-sinfni tugatib (u vaqtda 11-sinf yo‘q edi), oliygohga kirishga tayyorgarlik ko‘rayotgan vaqtim edi. Sadir bo‘lsa armiya xizmatini o‘tab kelib, Frunzedagi (hozirgi Bishkek shahri) jismoniy tarbiya institutidagi o‘qishini qayta davom ettiraman, deb yurgandi.

U do‘stlari bilan toqqa dam olgani kelgan ekan. Bizning sinfdosh qizlar ham sayohatga chiqmoqchi bo‘lib o‘sha joyga borib qoldik. Sadir bilan o‘sha joyda ko‘rishdik. Hozir Sadirning 5 sinfdosh do‘sti mening 5 sinfdosh dugonalarimga uylangan.

Sadir bilan ko‘rishgan onimizdan bir-birimizni yoqtirib qoldik. Bir ko‘rishda muhabbat deyishadi-ku, shunday holat bo‘lgan. Shu bilan bir-birimiz bilan ajrashmadik”, — dedi Oygul xonim.

Birinchi xonim Sadir Japarovning halolligi, liderligi va tamaki chekmasligini alohida qadrlaydi.

Foto: Internet

Oygul Japarova 1973-yil 14-noyabrda Issiqko‘l viloyati, Tup tumani, San-Tosh qishlog‘ida tug‘ilgan. Qirg‘iziston davlat universitetining pedagogika fakultetini tamomlagan. Baʼzi manbalarga ko‘ra, oilada besh nafar, boshqa manbalarda esa to‘rt nafar farzand borligi aytilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »