Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatni dunyoning iqtisodiy rivojlangan davlatlar qatoriga kiritishdir.

Har bir davlat uchun ushbu jarayonning asosiy omillaridan biri albatta jahon bozorida sifatli va raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishdir. Aynan shu yo‘nalishda so‘nggi yillarda mamlakatimizda qator samarali chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Buning dalili tariqasida shuni taʼkidlash joizki, hozirgi kunda milliy mahsulotlarimizni Yevropa Ittifoqi bozorlarida sotish imkoni paydo bo‘ldi. Aholisi 500 mln dan ortiq bo‘lgan YI dunyodagi eng katta bozorlardan biri hisoblanadi. Jumladan, Yevropaning to‘qimachilik sanoatida bozor hajmi 98 milliard dollarni, charm-poyabzal sanoatida 24 milliard dollarni, qishloq xo‘jaligi sanoatida 24 milliard dollarni tashkil etadi.

Shu o‘rinda YI bozoriga qulay shartlarda chiqish O‘zbekiston uchun har doim dolzarb bo‘lib kelgan. 2021-yilda bu borada katta qadam tashlandi. Yaʼni O‘zbekiston Yevropa Ittifoqining GSP+ umumiy preferensiyalar sxemasi bo‘yicha benefitsiar mamlakat sifatida qabul qilindi.

Maʼlumot uchun: preferensiyalar bosh tizimi (GSP +) bu rivojlanayotgan mamlakatlar tomonidan rivojlangan mamlakatlarga eksport qilinadigan tovarlarga imtiyozli bojxona tariflari tizimi. GSP + deyarli barcha sanoat va ayrim qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qamrab oladi.

GSP+ tizimi matolar, kiyim-kechak va plastik mahsulotlar kabi bir qator muhim 6200 eksport tovarlariga tariflar bekor qilinishi bois Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdoni ko‘paytirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim etdi.

Jumladan, agar 2016-yilda Yevropa ittifoqi bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 1,98 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lsa, 2022-yilda bu ko‘rsatkich ikki barobardan ko‘proqqa o‘sdi va 4,5 milliard dollarni tashkil etdi. 

Shu bilan birga, GSP+ oddiy savdo vositasidan ko‘ra muhimroq. GSP+ tizimiga qo‘shilayotganda mamlakatlar inson va mehnat huquqlariga, atrof-muhit va iqlim muhofazasi va sifatli boshqaruvga oid 27 asosiy xalqaro konvensiyalarini samarali amalga oshirish majburiyatini oladilar. GSP Reglamenti GSP+ oluvchilarining majburiyatlarini doimiy kuzatib borishni nazarda tutadi.

 
Foto: Google Images

O‘zbekistonning GSP+ benefitsiari sifatida qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy va mehnat sohasidagi islohotlarni va izchil ijobiy rivojlanishni aks ettiradi. O‘zbekiston hukumati ishbilarmonlik muhiti, sud-huquq tizimi, mehnat sharoitlari, maʼmuriy hisobdorlik va samaradorlikni oshirish borasida ko‘plab ulkan islohotlarni amalga oshiryapti.  

GSP+ dan samarali foydalanish savdo-sotiq va iqtisodiy munosabatlarni hamda O‘zbekiston va Yevropa biznes vakillari o‘rtasidagi o‘zaro daromadli aloqalarni kengaytirish imkoniyatini yaratadi.

Eng asosiysi, bularning barchasi xalq farovonligiga ijobiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Savdo aloqalarning chuqurlashishi mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatning kengayishiga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga xizmat qilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »