Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonning Yekaterinburgdagi bosh konsulligi xodimlari Tashqi mehnat migratsiya agentligi vakillari bilan hamkorlikda Rossiyaning Ural federal okrugida majburiy mehnatga jalb etilgan fuqarolarning vatanga qaytishlariga yordam berdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Foto: “Dunyo” AA

Bosh konsullikdan olingan maʼlumotlarga ko‘ra, 2023-yil oktyabr oyida O‘zbekiston fuqarolari X.S., B.S. U.D. Tashqi mehnat migratsiya agentligining Yekaterinburg shahridagi vakiliga murojaat qilib Sverdlovsk viloyatidagi “Reftinskaya ptitsefabrika” korxonasi ish beruvchilari bir guruh o‘zbekistonlikning fuqarolik pasportlarini olib qo‘yganini hamda oylik maoshlarini bermasdan majburiy tarzda ishlatib kelayotganini maʼlum qilgan.

Ularning murojaatlari asosida olib borilgan surishtiruvlarga ko‘ra, 2023-yilning sentyabr-oktyabr oylarida Moskva viloyatida ro‘yxatdan o‘tgan “Konstanta” MCHJ 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlikni Sverdlovsk viloyatidagi yirik tovuq yetishtirish xo‘jaligiga olib kelgan. Migrantlar Rossiyada vaqtincha bo‘lish va ishlash huquqini beruvchi hujjatlar bilan rasmiylashtirilmasdan ishga jalb etilgan.

Ushbu fuqarolar bilan muloqot davomida ular 2 oy davomida oylik maoshlarini olmagani, fuqarolik pasportlari tortib olingani aniqlangan.

Korxona rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida 53 nafar o‘zbekistonlikning pasportlarini olib berilishiga erishildi va ularga vatanga yetib olishlari uchun ko‘mak ko‘rsatildi. Qolganlar esa Yekaterinburg, Moskva va boshqa shaharlarda qonuniy tarzda o‘z faoliyatlarini davom ettirishini bildirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »