Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada besh oydan beri ish haqini ololmay kelayotgan mehnat migrantlarining ish haqi undirib berildi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berdi.

Foto: Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Qayd etilishicha, Rossiyaning Samara viloyatida ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining mazkur hududdagi vakiliga hujjatlari va oylik ish haqini undirish masalasida murojaat qilgan.

Ushbu fuqarolar Samara viloyati Krasnoyarsk tumanidagi issiqxonalarda ish beruvchi bilan shartnoma tuzmasdan mehnat faoliyatini amalga oshirgan. Ish beruvchi bundan foydalanib, besh oydan buyon 891 ming 812 rubl (9,6 ming dollar) miqdoridagi ish haqini to‘lamasdan ishlatgan.

Vakillik xodimlari tomonidan ish beruvchi bilan aloqa o‘rnatilgan va fuqaro arizasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilgan. Natijada fuqarolarning ish haqi va hujjatlari to‘liq qaytarilgan.

Bundan oldin Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarning 36 million so‘m ish haqi, Qozog‘istonda 32 nafar O‘zbekiston fuqarosining 15 million tenge miqdoridagi ish haqi undirilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »