Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammitida ishtirok etish uchun 8-noyabr kuni O‘zbekistonga keldi.

Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov

O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibining xabar qilishisha, Qirg‘iziston rahbari rafiqasi Aygul Japarova hamrohligida tashrif buyurdi. Oliy martabali mehmonni Toshkent xalqaro aeroportida Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Shundan so‘ng u uchun ajratilgan qarorgohga jo‘nab ketdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tadigan IHT samitida ishtirok etish uchun bunga qadar Qozog‘iston bosh vaziri Alixan Smailov va Pokiston muvaqqat hukumati rahbari Anvar ul-Haq Kakar Toshkentga yetib kelgan.

Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov
Foto: Telegram / Bekzod Hidoyatov

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida, shuningdek, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on hamda IHT bosh kotibi Xusrav Noziriy ishtirok etadi.

Kun tartibiga muvofiq, IHT doirasida savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikatsiyaviy va gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish hamda ushbu ko‘p tomonlama tuzilma faoliyatini takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqiladi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, rahbarlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Jumladan, 8-noyabr kuni Qirg‘iziston, Turkiya prezidentlari, Pokiston muvaqqat hukumati rahbari va IHT bosh kotibi bilan muzokaralar rejalashtirilgan.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga 1985-yilda asos solingan, uning doimiy faoliyat yurituvchi kotibiyati Tehron shahrida joylashgan. O‘zbekiston 1992-yildan boshlab ushbu tashkilot a’zosidir

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »