Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amerikaning OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston uchun ChatGPT’dan foydalanishga ruxsat berdi. Sun’iy intellekt chatbotidan foydalanishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati kompaniya saytida keltirilgan.

Foto: Open AI

“Ko‘plab davlatlar, mintaqa va hududlarga API’mizdan foydalanish imkoniyatini berayotganimiz hamda muntazam ravishda yangilarini qo‘shib borayotganimizdan faxrlanamiz.

Geografik xilma-xillik va keng tarqalgan imtiyozlar biz uchun muhim, biz xavfsiz foydalanish mumkin bo‘lgan joylar sonini ko‘paytirish uchun astoydil harakat qilmoqdamiz. Agar joylashgan hududingiz hozirda API ruxsatini qo‘llab-quvvatlamasa, yangilanishlarni keyinroq tekshirib ko‘ring”, — deyiladi xabarda.

Chatbotdan foydalanish ruxsat berilgan yangilangan ro‘yxatga ko‘plab davlatlar qatorida O‘zbekiston ham qo‘shildi. Bunga qadar mazkur xizmatdan faqat VPN’ni yoqqan holda, chet el raqamlar orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin edi. 

ChatGPT (Chat generative pre-trained transformer) — OpenAI tomonidan yaratilgan sun’iy intellekt chatboti bo‘lib, turli savollarga javob berishi, dasturchilar uchun kod yozishga yordam berishi, talabalar uchun esa kurs ishlarini yozib berishi mumkin. Bot hattoki she’r va insholar ham yoza oladi. OpenAI’ning asosiy vazifasi inson miyasi bajara oladigan hamma narsani qiluvchi sun’iy intellektni yaratishdan iborat.

Avvalroq Italiya ChatGPT’dan foydalanishni taqiqlagan dunyodagi birinchi davlatga aylangandi. Bunga chatbot ishlab chiqaruvchisi Amerikaning OpenAI kompaniyasi shaxsiy ma’lumotlarga oid qonunchilikni buzgani sabab bo‘lmoqda. Jumladan, neyron tarmoq +13 yosh chegarasiga qaramay, foydalanuvchilarning yoshini tekshirmasligi ta’kidlanadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »