Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin hozirda kamida uchta qiyofadoshga ega. Bu haqda Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov ma’lum qildi.



Uning so‘zlariga ko‘ra, Putinning qiyofadoshlari mavjudligi “ehtimol emas, balki haqiqat”dir. Yusov Kreml ulardan turli maqsadlarda faol foydalanayotganini aytdi. 

“Qancha qiyofadosh? Variantlar bo‘lishini tushunamiz, lekin uchtasi haqida gapirish mumkin. Bu nafaqat Ukraina uchun, balki butun dunyoda bu rejim barqaror emas, degan tushunchani anglatadi. Gap qandaydir kuchli, nufuzli, o‘ziga ishongan siyosatchi haqida emas, balki texnologiya — sizni kuzatayotgan ‘Katta og‘a’ning ma’lum bir qiyofasi haqida ketmoqda”, — dedi Ukraina razvedkasi rasmiysi.

U qiyofadoshlarning mavjudligi Rossiya rejimining “qo‘rquvi va zaifligidan dalolat berishini” ta’kidladi.

“Uning vafot etgani haqidagi anonim Telegram kanallari maʼlumotlariga kelsak, afsuski, bu xabar tasdiqlanmadi. Ammo qiyofadoshlarga kelsak, ha, bunday texnologiya Kremlda qo‘llanadi”, — deya ta’kidladi Yusov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »