Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukraina, AQSH va boshqa davlatlar Rossiyani jang maydonida mag‘lub etib bo‘lmasligini tushunishi kerakligini aytdi. 

“Kiyev va Vashingtondagilarning barchasi tushunishi kerak: Rossiyani jang maydonida mag‘lub etib bo‘lmaydi”, — dedi Dmitriy Peskov.

Foto: Sputnik

Russian Field tadqiqotiga ko‘ra, rossiyaliklarning aksariyati Rossiyaning maxsus harbiy operatsiyadagi g‘alabasi sifatida Ukrainaning so‘zsiz mag‘lub bo‘lishini tushunadi. Respondentlarning to‘rtdan bir qismi g‘alaba Rossiya uchun yangi hududlarni qo‘shib olish va xavfsizlikni ta’minlash bo‘ladi, deb hisoblaydi.

So‘rov buyurtmachisi, siyosatshunos va Jamoatchilik palatasining a’zosi Aleksandr Asafovning fikricha, ushbu “g‘alaba qiyofasiga” mos kelish uchun erishilgan natijalar hozircha yetarli emas, chunki qo‘lga kiritilgan yangi obyektlar jahon miqyosida tan olinmagan, shuningdek, dushman tarafdan tahdidlar ham hali bartaraf etmagan.

VTSIOM rahbari Valeriy Fedorovning fikricha, ruslarda g‘alabaning yagona qiyofasi yo'q. Siyosatshunos Vladimir Shemyakin fikricha, bu hokimiyatga Ukrainadagi harbiy amaliyotlar natijalarini turlicha talqin qilish imkoniyatini beradi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »