Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 8-noyabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

“Real” o‘z maydonida “Braga”ni qabul qildi va 3:0 hisobida zafar quchdi. Madridliklar safida gollarni Braim Dias, Vinisius Junior hamda Rodrigolar urdi.

“Bavariya” “Galatasaroy”ga qarshi bahs olib bordi. Birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda esa myunxenliklar hisobni ochdi. 80-daqiqada Harri Keyn o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 86-daqiqada esa Keyn dublni rasmiylashtirdi. 90+3-daqiqada Bakambu hisobni qisqartirdi. Shu tariqa “Bavariya” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“Manchester Yunayted” “Kopengagen” maydoniga safar qildi va 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.  

“Arsenal” “Sevilya” bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 29-daqiqasida Leonardo Trossard hisobni ochdi. 64-daqiqada esa Bukayo Saka hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va londonliklar g‘alaba qozondi.


YCHL

4-tur

8-noyabr, chorshanba

“Real” – “Braga” 3:0

Gollar: 1:0 – 27 Braim Dias, 2:0 – 58 Vinisius Junior, 3:0 – 61 Rodrigo

“Bavariya” – “Galatasaroy” 2:1

Gollar: 1:0 – 80 Keyn, 2:0 – 86 Keyn, 2:1 – 90 Bakambu.

“Kopengagen” – “Manchester Yunayted” 4:3

Gollar: 0:1 – 3 Heylund, 0:2 – 28 Heylund, 1:2 – 45 Elyunussi, 2:2 – 45 Diogu Gonsalvesh (penalti), 2:3 – 69 Brunu Fernandesh (penalti), 3:3 – 83 Lerager, 4:3 – 87 Bardegji.

“Arsenal” – “Sevilya” 2:0

Gollar: 1:0 – 29 Trossard, 2:0 – 64 Saka.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »