Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Dzerjinskiy shahrida noma’lum shaxs namozxonaga granataga o‘xshash narsa bilan kelib, uni faollashtirishini aytdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Telegram

Ma’lum qilinishicha, 45 yoshli erkak Dmitriy Donskoy maydonidagi namozxonaga kirgan. U qo‘lida portlatmoqchi bo‘lgan granata borligini aytgan. Ibodatxonadagilar darhol politsiyaga murojaat qilgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari granatani olib, erkakni qo‘lga olgan. 

“Hodisa joyiga zudlik bilan yetib kelgan militsiya xodimlari huquqbuzarni hududiy IIBga olib ketdi. U spirtli ichimlik ta’siridagi 1978-yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro ekani ma’lum bo‘ldi. Hodisa davomida hech kim jabrlanmadi”, — deyiladi xabarda.

Keyinchalik granata mulyaj ekani ma’lum bo‘lgan, erkak uni yaqin atrofdagi sartaroshxonadan o‘g‘irlaganini aytgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »