Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli Kuchlari bosh qo‘mondoni, general Valeriy Zalujniyning yordamchisi, 39 yoshli Gennadiy Chastyakov halok bo‘ldi. Bu haqda generalning o‘zi Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi

Foto: “Ukraina haqiqati”

Qayd etilishicha, 6-noyabr kuni Chastyakov tug‘ilgan kunini nishonlayotganida portlatib yuborilgan.

“Ukraina Qurolli Kuchlari va shaxsan men uchun ta’riflab bo‘lmaydigan og‘riq va og‘ir judolik. Bugun, fojiali tarzda, o‘z tug‘ilgan kunida yordamchim va yaqin do‘stim, mayor Gennadiy Chastyakov oilasi davrasida halok bo‘ldi. Sovg‘alardan birida noma’lum portlovchi qurilma ishga tushdi. Gennadiyning rafiqasi va to‘rt farzandi qoldi. Oilasiga chuqur hamdardlik bildiraman”, — deb yozadi Zalujniy.

Zalujniyning ta’kidlashicha, mazkur hodisaga bog‘liq sabab va holatlar sud tergovi davomida aniqlanadi. 

“Ukraina haqiqati” nashrining yozishicha, Chastyakov uyiga alkogol va granata ko‘rinishidagi ryumkalar solingan sovg‘a paketini olib kelgan. Portlash sovg‘ani ochish vaqtida ro‘y bergan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »