Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Britaniyaning The Economist gazetasi uchun yozgan maqolasida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro harakat va tezlikni o‘z ichiga olgan manyovrli urushni emas, balki statik va tinkani qurituvchi janglar bilan yangi pozitsion urush bosqichiga o‘tayotganini aytdi.

Foto: “UNIAN”

Zalujniyning qayd etishicha, pozitsion urush Rossiya uchun foydali va unga o‘z kuchini tiklash imkoniyatini beradi, bu esa pirovardida nafaqat Ukraina Qurolli kuchlariga, balki davlat sifatida Ukrainaning o‘ziga ham tahdid soladi. Uning fikricha, g‘alaba qozonish uchun Ukrainaga muhim harbiy imkoniyatlar va texnologiyalar kerak.

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondoni ma’lum qilishicha, pozitsion urush tuzog‘idan chiqish uchun Ukrainaga

  • havo ustunligiga erishish;
  • elektron urush imkoniyatlarini mustahkamlash;
  • dushman artilleriyasiga zarbalar sonini ko‘paytirish (kontrbatareyali kurash);
  • yangi minalarni tozalash texnologiyalarini joriy etish;
  • o‘qitish va safarbarlikka chaqirilishi mumkin bo‘lgan Ukraina fuqarolari toifalarini kengaytirish kabilar kerak.

“Rossiyaga past baho bermaslik lozim. U katta yo‘qotishlarga uchradi va juda ko‘p o‘q-dorilarni sarfladi. Ammo u uzoq vaqt davomida qurol-yarog‘, jihozlar, raketalar va o‘q-dorilar bo‘yicha ustunlik qila oladi. Uning mudofaa sanoati misli ko‘rilmagan sanksiyalarga qaramay ishlab chiqarishni oshirmoqda. 

Pozitsion urush — bu Ukraina Qurolli kuchlari va davlati uchun juda katta xavf-xatarlarni olib keladigan uzoq muddatli urush. Yangi, innovatsion yondashuvlargina ushbu pozitsion urushni manyovrlar urushiga aylantirishi mumkin”, — dedi Zalujniy.

Harbiy ekspertlarning fikriga ko‘ra, o‘tgan yilgi muvaffaqiyatlardan farqli ravishda bu yozda Ukraina qarshi hujum paytida o‘z yerlarni ozod qilishda katta natijalarga erisha olmadi. Biroq ukrainaliklar Qrimdagi rus harbiy kuchlarini zaiflashtirdi va rus flotini Qora dengiz g‘arbiy qismidan chiqarib yuborishga erishdi. 

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy, Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy va mamlakat harbiy rahbariyatiga ko‘ra, Rossiyaga javob berishdan asosiy maqsad — Ukrainaning barcha egallab olingan hududlarini ozod qilish va 1991-yilgi chegaralarga qaytish. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »