Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumini baxtli yakun bilan tugaydigan film emasligini aytdi.

Foto: Reuters

“Biz hammamiz muvaffaqiyat va baxtli yakunga erishmoqchimiz. Lekin bu bir yarim soatlik film emas. Bu qarshi hujumdir. U baxtli yakunga ega film emas. Bizda baxtli yakun bo‘lmaydi.

Ko‘p odamlarni yo‘qotdik, buni tan olishimiz kerak. G‘alaba — deokkupatsiyaga olib keladigan va Rossiyaga boshqa mamlakatlarga: Boltiqbo‘yi mamlakatlariga, Polshaga hujum qilish va barchamizni Sovet Ittifoqiga qaytarish imkoniyatini bermaydigan yagona yo‘l”, — dedi u.

Ukraina qarshi hujumi

Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi 2023-yilning yozida boshlandi. Tez orada xorijiy matbuot sahifalarida qarshi hujum tanqid qilina boshlandi. Iyun oyida Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy hujum, jumladan, yirik minalangan maydonlar tufayli “xohlagandan ko‘ra sekinroq” ketayotganini aytdi. Sentyabr oyi boshida Ukraina qurolli kuchlari janubiy frontda rus qo‘shinlarining birinchi, eng mustahkam mudofaa chizig‘ini yorib o‘tganini e’lon qildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »