Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Rossiyaning Ukrainadagi urush bo‘yicha zaxira rejasi borligini ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning “B rejasi” Ukrainada “ichki beqarorlikni” keltirib chiqarishdan iborat.

“Shuni ta’kidlashni istardimki, Rossiya bizni harbiy yo‘l bilan mag‘lub eta olmaydi. Shuning uchun uning B rejasi bor. Bu ichki beqarorlik orqali mamlakatimizni larzaga keltirishdir. Ammo biz hushyor bo‘lamiz va Rossiya umid qilayotgan voqealarning amalga oshishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi u.

Danilov Ukraina Qurolli kuchlarining iyun oyida boshlagan qarshi hujumi tasdiqlangan reja bo‘yicha davom etayotgani va F-16 qiruvchi samolyotlarining Ukrainaga topshirilishi vaziyatga tubdan ta’sir ko‘rsatishini aytdi.

Ukraina harbiylari Melitopol, Berdyansk va Baxmut yo‘nalishlarida hujum operatsiyasini davom ettirmoqda.

Hozirda Daniya Ukrainaga 19 ta, Niderlandiya esa 42 ta qiruvchi samolyot berishi maʼlum bo‘ldi. Norvegiya ham Ukrainaga qiruvchilar vaʼda qilgan. Portugaliya ukrainalik uchuvchilar va muhandislarga F-16 ni boshqarish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘rgatadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »