Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Aleksey Danilov Rossiya Vladimir Zelenskiyni yo‘q qilmoqchiligi haqida gapirdi. Bu haqda Ukrinform xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyni jismonan yo‘q qila olmagan Rossiya maxsus xizmatlari uni Kreml bilan tinchlik muzokaralariga undamoqchi. Bu esa hozirgi vaziyatda “siyosiy suiqasd” hisoblanadi. Danilov hozirgi shiddatli jangovar harakatlar fonida Rossiya bilan diplomatik muzokaralar olib borib bo‘lmasligini qayd etdi.

“Hozirgi intensiv urush jarayonida diplomatiyadan foydalanishni qanday qilib tasavvur qilasiz? Agar kimdir prezidentimizga siyosiy suiqasd qilishni istasa, shunday taklifni ilgari surishi mumkin”, — dedi Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi jurnalistlarga murojaat qildi.

Zelenskiyni yo‘q qilish: Danilov prezidentga tahdid haqida gapirdi

Bundan tashqari, Danilov Rossiya hali ham Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni yo‘q qilish rejalarini amalga oshirayotganini aytdi.

“Rossiya Zelenskiyni yo‘q qilish vazifasini kun tartibidan olib tashlamagan. Ular Ukraina rahbarini jismonan yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lmadi, shuning uchun endi ular siyosiy likvidatsiya bilan shug‘ullanishga harakat qiladi”, — dedi u.

Shuningdek, Danilov 2022-yil fevral oyi oxiri va mart oyi boshida Ukraina prezidenti hayotiga haqiqiy xavf tug‘ilganini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »