Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi vakili Andrey Yusov hozir Qrimni ozod qilishning bir nechta variantlari ko‘rib chiqilayotgani, ammo asosiysi — maxsus harbiy operatsiya ekanini aytdi. Bu haqda “Ukrainskiye Novosti” xabar berdi.

Foto: OSCE

Yusovning so‘zlariga ko‘ra, voqealar rivojlanishining turli ssenariylari mavjud. Sababi Ukraina harbiylarning yo‘qotishlarini kamaytirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Ittifoqchilar tomonidan harbiy yordam yetkazib berishning tegishli hajmi va frontdagi vaziyatning rivojlanishi ham shunga bog‘liq.

“Dushman ham mudofaaga tayyorlanmoqda”, — deydi Yusov.

Ukraina razvedkasi vakili aniq choralarni aytmadi. Yusov yarimoroldagi rus harbiylarining “chekinish ishorasi”ni istisno etmadi, biroq Ukraina bunday ssenariyni kutmasligini ta’kidladi.

“Boshqa ssenariylar ham amalga oshishi mumkin”, — dedi u.

Unga ko‘ra, Ukraina kuchlari hozir Qrimni ozod qilish ustida ishlamoqda. Agar ichki va tashqi vaziyat tufayli ruslar o‘z ixtiyori bilan bosib olingan hududni tark etishga qaror qilsa, bu ularning askarlari hayotini saqlab qolish va qator harbiy jinoyatlarni to‘xtatish imkonini beruvchi to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Ammo ukrainlarning vazifasi boshqa ssenariylarni kutmasdan, buni ta’minlashdir.

Yusovning ta’kidlashicha, Qrimda aholi orasida juda boshqacha kayfiyat hukm surmoqda. Rus harbiy yetakchilari qasos muqarrar ekanini tushungach, oilalarining ko‘p qismini hududdan olib ketgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »