Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukrainaning Rossiyaga zarba berish uchun o‘z harbiy-sanoat majmuasi tomonidan ishlab chiqilgan qurollaridan foydalanishiga hech qanday taqiq yo‘q. Bu haqda Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengash kotibi Aleksey Danilov ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Danilovga ko‘ra, Ukraina Rossiyaga zarbalar berish uchun ittifoqchilar bergan qurollardan foydalanmaslikka va’da bergan.

“Biz hamkorlar bilan Rossiyaga qarshi urushda ishtirok etganlikda ayblanmasliklari uchun ularning qurollarini Rossiyaga zarbalar berishda ishlatmaslik to‘g‘risida kelishuvga erishdik, ammo bu mahalliy ishlab chiqaradigan qurollarga taalluqli emas”, — dedi u.

Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibining qo‘shimcha qilishicha, qurollar sifati bo‘yicha yutuqlar bor.

“Ukraina dronlari nafaqat harakatlanishi, balki tegishli shaharda, tegishli vaqtda bo‘lishi va vaqti-vaqti bilan qilishi kerak bo‘lgan ishni bajaradi”, — dedi Danilov.

Moskvaga dronlar hujumi: vaziyat qanday?

1-avgustga o‘tar kechasi Moskvaga yana dronlar hujum qildi. Ulardan ikkitasi shaharga yaqinlashganida havo mudofaasi tomonidan urib tushirildi. Uchinchisi avvalgi hujumda shikastlangan “Moskva Siti” biznes markazidagi binoga kelib urildi.

Avvalgi hujum 30-iyulga o‘tar kechasi yuz bergandi. Jumladan, Moskvaga uchta dron uchirilgan, ikkitasi “Moskva Siti” biznes markazidagi binolarga kelib tushgan. Dronlarning yana biri Moskva viloyatining Odinsovo tumanida urib tushirilgani aytilgan.

Bundan tashqari, 24-iyul kuni ham dron hujumi bo‘lgandi. O‘shanda Moskvadagi noturar joy binolar zarar ko‘rgan. Ulardan biri Rossiya Mudofaa vazirligi yaqinida qulagan.

May oyi oxiri va iyul boshida esa dronlar Rossiya poytaxtiga yaqinlashganda urib tushirilgan. BMT so‘nggi dron hujumini qoralab, fuqarolik obyektlariga hujum qilmaslikka chaqirgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »