Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoyguga oktyabrgacha Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish uchun muhlat berdi. Bu haqda Kremldagi insayderlarga tayanib, Amerika urushni o‘rganish instituti tahlilchilari (ISW) xabar berdi.

Foto: Getty Images

Insayderlarga ko‘ra, Shoyguga 2023-yil oktyabr oyi boshigacha frontdagi vaziyatni yaxshilash, Ukraina qarshi hujumini to‘xtatish va tashabbusni Rossiya qo‘shinlariga qaytarish uchun muhlat berilgan. Tahlilchilar rus harbiylarining Ukrainaga qarshi hujumlari faollashgani shu bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.

“Agar insayderning da’vosi rost bo‘lsa, rus harbiy qo’mondonlari hatto Rossiya harbiy salohiyati evaziga Ukraina qarshi hujumini kulminatsiyaga olib chiqish uchun shafqatsiz qarshi hujumlarga buyruq berayotgani ko‘rsatadi”, — dedi tahlilchilar.

Ular avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Putinning iltifotini yo‘qotishidan qo‘rqib, saʼy-harakatlarini kuchaytirib, qo‘mondonlar orasida tozalash ishlarini olib borgan holatlarga guvoh bo‘lganlarini aytdi. Rossiya kuchlari hisobiga erishib bo‘lmaydigan harbiy maqsadlarga intilish haqida salbiy fikr bildirganlar keskin tanqid ostiga olingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »