Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin lavozimini tark etgach, mamlakatda fuqarolik yadroviy urushi boshlanishi mumkin. Bu haqda Bild nashrining shaxsiy eksperti Yulian Repke ma’lum qildi.

Foto: AP Photo

Ekspertga ko‘ra, Vladimir Putin vafot etgan taqdirda hokimiyat tinch yo‘l bilan o‘zgarmaydi. Sababi Kreml yillar davomida butun mamlakat bo‘ylab demokratik institutlarni yo‘q qilib kelgan.

Barcha demokratlar va muxolifatchilar ataylab mamlakatdan “siqib chiqarilgan”. Putinning hozirgi safdoshlari esa prezidentlikka da’vogarlik qiladi, buning uchun hokimiyat uchun kurash kechmoqda.

Rossiyada hozirda faol ravishda yaratilayotgan xususiy harbiy kampaniyalar kelajakdagi fuqarolar urushiga tayyorgarlik bosqichlaridan biriga aylanishi mumkin. Xususan, Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, “Gazprom” rahbari Aleksey Miller va oligarx Yevgeniy Prigojin bu bilan band.

Shuningdek, Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ham xususiy kampaniya yaratmoqchiligini aytgan

“Federal xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya va armiya ham ma’lum oligarxlar va rejimning nufuzli sheriklari nazorati ostida bo‘lishi mumkin. Ularning bir tomonda bo‘lishi nihoyatda dargumon”, — deydi Yulian Repke.

Ekspertning fikricha, Rossiyada hokimiyat uchun bo‘lajak kurash “shafqatsiz” bo‘ladi. Bu raqobatchilarni maqsadli o‘ldirish bilan cheklanish yoki fuqarolar urushiga o‘xshash keng ko‘lamli mojaroga olib kelishi mumkin.

Muayyan ssenariylarga ko‘ra, yadroviy qurol qo‘llanilishi ehtimoli past, ammo buni inkor etib bo‘lmaydi.

“Putinning o‘limi bilan hammasi ‘yaxshi’ bo‘lmasligi aniq, hatto optimistlar ham bunga umid qilmaydi. Rossiya diktatorining o‘zi bunga g‘amxo‘rlik qilgan”, — deya xulosa qilgan Repke.

Mavzuga doir
Izoh

Ulugbek Muslimov

29.04.2023, 04:06

Xususiy harbiy kampaniya tushunchasini izohi kerak edi

Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »