Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Ukraina tashqi razvedka xizmatining sobiq rahbari general Nikolay Malomuj Rossiya qurolli kuchlarini tiklash uchun qancha vaqt kerakligi haqida gapirdi.

Foto: Kremlin

Malomujga ko‘ra, yadro quroli va uchinchi jahon urushi boshlanishi bilan tahdid qilgan Kreml NATOga a’zo ayrim davlatlarga siyosiy qarorlarini o‘zgartirish va Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish hajmini kamaytirish uchun bosim o‘tkazmoqchi. Bunday bosim orqali Moskva Ukraina rahbariyatini muzokaralar stoliga o‘tkazishga va shu orqali jangovar harakatlarda zarur bo‘lgan pauzaga erishmoqchi.

“Muayyan hisob-kitoblarga ko‘ra, ularga zaxiralarni tiklash, jangovar qobiliyatini oshirish va harbiy-sanoat majmuasidan zarur harbiy texnikani olish uchun olti oy yoki bir yil kerak bo‘ladi”, — deya ta’kidlaydi Malomuj.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda flot, yadroviy imkoniyatlar va aviatsiya Rossiyada mavjud bo‘lgan yagona jangovar kuchlardir.

“Putin eng ko‘p qo‘rqqan narsaga erishdi — NATOning kengayishi va uning dushmanni qaytarishga tayyorligi. Bugungi kunda alyans Ukrainani nafaqat siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlamoqda, balki harbiy yordam ham ko‘rsatmoqda. Putin nazarida NATO tahdidi ko‘lami kengayib bormoqda. Shuni qo‘shimcha qilish kerakki, Ukrainaning qarshi hujumiga tayyorgarligi Rossiya siyosiy rahbariyatini juda xavotirga solmoqda”, — deya xulosa qildi Malomuzj.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »