Bugun,

  • USD12800.13
  • RUB129.02
  • EUR13467.02

Harbiy ekspert Oleg Jdanov Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning qarshi hujumiga qanday reaksiya bildirishini taxmin qildi. Bu haqda UNIAN xabar berdi.

Foto: “Kremlin.ru”

Prognozga ko‘ra, Putin Ukraina qurolli kuchlarining qarshi hujumi boshlanishiga “o‘ziga qolgan barcha vositalar” bilan javob berishi mumkin. G‘arb yetakchilari esa bunga hozirlik ko‘rmoqda. Jdanov Rossiya prezidenti yana bir bor yadroviy tahdidlarga o‘tishi mumkinligini aytdi.

“Men Rossiyaning yadroviy tahdidlarini ham, kiberhujumlarini ham kamaytira olmasligimizni bir necha bor aytganman”, — deydi ekspert.

U G‘arb davlatlari rahbarlari hozir butun dunyoni tayyorlash va xavfsizligini ta’minlash uchun harakat qilayotganini aytdi. Jdanov Putin Ukrainaga qarshi urushda mag‘lub bo‘lish uning siyosiy o‘limi ekanini yaxshi tushunishini bildirdi.

Avvalroq The Washington Post nashri Ukraina armiyasi qarshi hujumni kechiktirayotganiga 3 ta sababni keltirib o‘tgandi. Jumladan, operatsiya ob-havo sharoiti, asbob-uskunalarni yetkazib berishning sekinlashgani va Pentagonning Ukraina armiyasiga oid maxfiy hujjatlari internetda tarqalib ketgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »