Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya harbiylari Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi: ular xandaqlar qazimoqda va istehkomlar qurmoqda. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri Aleksiy Reznikov xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

“Rossiya harbiylari frontdagi vaziyatdan juda yaxshi saboq oldi, shuning uchun ular himoyaga o‘tdi. Ular allaqachon xandaqlar va istehkomlar qazimoqda. Aytgancha, Qrimda ham shunday jarayon kechmoqda”, — dedi Reznikov.

Uning fikricha, Rossiya Qurolli kuchlari 2022-yilda Ukraina harbiylarining Xarkov va Xerson yo‘nalishidagi hujumi paytidagi mag‘lubiyatlaridan ma’lum xulosalar chiqargan. Vazirlik rahbari Rossiyaning bunday faolligini Ukraina harbiylari uchun yaxshi belgi deb ta’rifladi.

“Bu Rossiya Qurolli kuchlari Ukraina harbiylarining qarshi hujumiga ishonishini va bunga jiddiy yondashishini anglatadi”, — deydi vazir. Shuningdek, Reznikov bu voqea Rossiyaning urushdagi mag‘lubiyatidan dalolat berishini qayd etdi.

“Bosqinchilarning harbiy maqsadlari dastlab hujum, bir necha kun ichida esa Kiyevni egallab olishdan iborat edi, keyin faol mudofaaga o‘tishga o‘zgardi. Ular allaqachon yutqazdi. Bu qadam urushda mag‘lub bo‘lishni anglatadi”, — deydi u.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »