Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qarshi hujum boshlanganidan beri Ukraina Qurolli Kuchlari jang maydonida muhim muvaffaqiyatlarga erisha olmay, 90 mingdan ortiq harbiy xizmatchisidan ayrildi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Pekindagi Syanshan forumida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Foto: “TASS”
“Birgina 4-iyundan beri, ya’ni Ukrainaning G‘arb homiyligida qarshi hujumi boshlanganidan beri Kiyev 90 mingdan ortiq harbiy xizmatchini, 600 ga yaqin tanki va 1,9 mingga yaqin turli sinfdagi zirhli texnikasini yo‘qotdi. Shu bilan birga, jang maydonida taktik jihatdan ahamiyatli muvaffaqiyatlarga erishilmadi”, — dedi Shoygu.

Shu bilan birga, u Rossiya harbiylari “o‘zlariga yuklangan vazifalarni uslubiy va ishonchli bajarishda hamda tinch aholi xavfsizligini ta’minlashda davom etishini” ta’kidladi.

Shoygu G‘arbni Yevropadagi “o‘tkir inqiroz”ni Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga tarqatishga intilayotganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, “bu yondashuv Rossiya va Xitoy tomonidan ilgari surilgan bo‘linmas xavfsizlik tamoyilidan keskin farq qiladi”.

Ukraina yoz boshidan beri qarshi hujum uyushtirmoqda. Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy janglar og‘ir kechayotganini va Ukraina Qurolli kuchlari jiddiy qarshilikka duch kelayotganini tan olgan.

 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »