Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina qarshi hujumining asosiy qismi piyoda amalga oshirilmoqda. Bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) rahbari Kirill Budanov The Wall Street Journal gazetasiga bergan izohida aytdi.

Foto: Reuters
“Afsuski, hujumlarimizning aksariyati hozir piyoda olib borilmoqda”, — dedi u.

Budanovning so‘zlariga ko‘ra, og‘ir zirhli texnikadan foydalanish darajasi minimal.

Avvalroq GUR rahbari Ukraina sovuq havo, namlik va loygarchilik boshlanganidan keyin ham, bu bilan bog‘liq qiyinchiliklarga qaramay, qarshi hujumni davom ettirishini ma’lum qilgandi. U qarshi hujum turli yo‘nalishlarda va kutilganidan sekinroq davom etayotganini tan oldi hamda vaziyatni murakkab deb baholadi.

Ukrainaning qarshi hujumi iyun oyida boshlangan. Shundan so‘ng, Kiyev bir necha bor hujum sekin kechayotganini bildirdi. Buning sabablari orasida Ukraina rasmiylari qurol-yarog‘ yetishmasligi, jang maydonidagi qiyinchiliklar va mustahkamlangan Rossiya mudofaa chizig‘ini keltirgan.

18-sentyabr kuni Zelenskiy CBS telekanali bilan intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi sur’atiga izoh berdi.

“Bu qiyin vaziyat, sizga ochiq gapiraman. Bizdagi tashabbusning o‘zi plyus. Bu juda muhim. Rus bosqinchilarining yurishini to‘xtatib, hujumga o‘tildi. Shunga qaramay, harakat unchalik tez emas. Ammo biz uchun har kuni oldinga siljiyotganimiz muhim”, — dedi u.

Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, ukrain qo‘shinlari hatto yuz metr bo‘lsa ham, imkon qadar oldinga siljishi kerak.

“Putinning tin olishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, — dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi ob-havoga bog‘liq emasligiga ishontirdi: hozirda ba’zi G‘arb tahlilchilari yaqin orada kuzgi loygarchilik boshlanishi haqida xavotir bilan ogohlantirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »