Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina armiyasi qarshi hujumda muvaffaqiyatga erishmoqda, dedi Oq uyning strategik aloqalar bo‘yicha koordinatori Jon Kirbi AQSHning BMT Bosh Assambleyasidagi ishtirokiga bag‘ishlangan brifingda. Eshittirish AQSH Davlat departamentining YouTube’dagi kanalida translyatsiya qilindi.

Foto: Reuters
“Ukraina qarshi hujumdagi muvaffaqiyatini davom ettirmoqda”, — dedi Kirbi bunday fikrga asos bo‘ladigan ma’lumotlarni keltirmasdan.

Shu bilan birga, u AQSH prezidenti Jo Bayden Vashingtondagi uchrashuvda Ukraina yetakchisi Vladimir Zelenskiydan jang maydonidagi vaziyat haqida bilib olishga umid qilayotganini taʼkidladi.

Ukraina yoz boshidan buyon qarshi hujum amaliyotlarini olib bormoqda. Sentabr oyining o‘rtalarida Zelenskiy qarshi hujum jarayonini No happy end (“Baxtli tugamaydi”) iborasi bilan tasvirlagandi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina Qurolli kuchlari juda ko‘p odamlarni yo‘qotdi, Rossiya osmondagi ustunligi tufayli Ukrainaning hujumini to‘xtatmoqda.

18-sentabr kuni Zelenskiy CBS telekanali bilan intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi sur’atiga izoh berdi.

“Bu qiyin vaziyat, sizga ochiq gapiraman. Bizdagi tashabbusning o‘zi plyus. Bu juda muhim. Rus bosqinchilarining yurishini to‘xtatib, hujumga o‘tildi. Shunga qaramay, harakat unchalik tez emas. Ammo biz uchun har kuni oldinga siljiyotganimiz muhim”, — dedi u.

Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, ukrain qo‘shinlari hatto yuz metr bo‘lsa ham, imkon qadar oldinga siljishi kerak.

“Putinning tin olishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak”, — dedi Zelenskiy.

U, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlarining hujumi ob-havoga bog‘liq emasligiga ishontirdi: hozirda ba’zi G‘arb tahlilchilari yaqin orada kuzgi loygarchilik boshlanishi haqida xavotir bilan ogohlantirmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »