Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘tgan hafta Germaniya hukumati Ukrainaga harbiy yordam uchun davlat budjetidan ushbu maqsadlar uchun ajratilgan 4 milliard yevroga qo‘shimcha ravishda yana 4 milliard yevro ajratishga qaror qildi. Bu haqda Bild nashri Germaniya Mudofaa vazirligidagi manbalarga tayanib xabar berdi.

Foto: Google Images 

Dastlab Germaniya 2024-yilda Ukrainaga qurol yetkazib berish uchun 4 milliard yevro ajratdi. Biroq deyarli barcha mablag‘lar va’da qilingan yordamni yetkazib berish uchun “zaxiralangan”. Germaniya Mudofaa vazirligida yangi harbiy yordam paketlari uchun 120 million yevro qoldi.

Bild nashrining yozishicha, Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Ukrainaga yordam berish uchun yana 5 milliard yevro ajratishni talab qilgan. Natijada hukumat 4 milliard yevro ajratishga rozi bo‘ldi. Keyingi hafta, deb yozadi Bild, Bundestag Budjet qo‘mitasi rasman davlat budjetiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

Bild’ning qayd etishicha, Germaniya Mudofaa vazirligida yana 2 milliard yevro mavjud bo‘lib, departament undan “uzoq muddatli mudofaa shartnomalarini amalga oshirish uchun mablag‘” sifatida foydalanishi mumkin. Urush boshlangandan beri Germaniya Ukrainaga 4,2 milliard yevrodan ortiq harbiy yordam jo‘natdi.Umumiy yordam hajmi, jumladan, harbiy, gumanitar va moliyaviy yordam qariyb 24 milliard yevroni tashkil etdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »