Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Germaniya hukumati uzoq davom etgan tortishuvlardan so‘ng, qochqinlarni joylashtirish va saqlash xarajatlarini taqsimlashning yangi tartibini kelishib oldi. Berlinda o‘tkazilgan yig‘ilishda 2024-yildan boshlab federal markaz yer egalariga pul to‘laydi.

Foto: AP Photo

Qayd etilishicha, boshpana izlovchilar Germaniyada 36 oy yashaganidan keyin imtiyozlarga ega bo‘ladi. Avval bu muddat 18 oyga teng edi. Shu bilan birga, oilasiz qochqinlar uchun beriladigan nafaqa miqdori oyiga 92 yevroga tushiriladi, bepul tibbiy xizmatlar hajmi ham qisqaradi. 

Alohida toifadagi ukrainalik qochqinlar va Germaniya himoyasi ostidagi boshqa migrantlar agar 36 oydan keyin ham mahalliy hokimiyat tomonidan taqdim etilgan yotoqxonalarda yashasa, oziq-ovqat uchun pulni faqat “kerakli miqdorda” oladi. 

Federal hukumat har bir qochqinni qo‘llab-quvvatlash uchun yiliga 7,5 ming yevro sarflashni rejalashtirmoqda. Gap yotoqxonalar, oziq-ovqat va qochqinlarni qabul qilish va joylashtirish bilan bog‘liq boshqa xarajatlar haqida ketmoqda. 

Germaniya hukumatiga ko‘ra, mazkur chora-tadbirlar natijasida yerlar va kommunalar 1 milliard yevro tejab qoladi. Mamlakat moliya vaziri Kristian Lindnerning ta’kidlashicha, bu qisqartirishlar nafaqat federal va mahalliy hokimiyatlar uchun mablag‘ni tejaydi, balki migrantlar uchun “Germaniyaning ijtimoiy davlat sifatidagi jozibasini pasaytiradi”.

Sentyabr boshlarida Germaniyada yashovchi boshqa mamlakatlardan qochib kelganlar soni so‘nggi o‘n yilliklarda eng yuqori darajaga yetgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Iyun oyi oxiriga kelib xorijliklar markaziy reyestrida 3,26 million kishi qochqinlar ro‘yxatiga kiritilgan, bu 2022-yil oxiriga nisbatan 111 ming kishiga ko‘p. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »