Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Yevropa Ittifoqi Afg‘onistondagi gumanitar vaziyat yomonlashgani sababli mamlakatdagi eng muhtoj qatlamlar va Pokistondagi qochqinlar uchun 61 million yevro miqdorida insonparvarlik yordami ajratdi, deya maʼlum qildi Yevropa Komissiyasi.

“Afg‘onistonda faoliyat yurituvchi gumanitar tashkilotlar uchun jami 60 million yevro va Pokistondagi tashkilotlar uchun yana 1 million yevro ajratildi. Ushbu mablag‘ Afg‘onistondagi oziq-ovqat inqiroziga qarshi turishga yordam beradi, bu yerda aholining deyarli yarmi oziq-ovqat tanqisligiga duchor bo‘lmoqda”, deyiladi Yevrokomissiya bayonotida.

Qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqining Afg‘onistonga navbatdagi yordam paketi uy-joy, himoya, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat, suv va sanitariya kabi boshqa ehtiyojlarni ham qamrab oladi, ayniqsa oktyabr oyida mamlakat g‘arbida sodir bo‘lgan qator zilzilalardan jabrlangan aholi uchun sarflanadi.

Moliyalashning bir qismi, Yevropa Komissiyasining tushuntirishicha, Afg‘onistonga qaytgan afg‘on qochqinlarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.

 
Foto: Google Images

YI maʼlumotlariga ko‘ra, bu yangi paket Yevropa Ittifoqi tomonidan joriy yilda Afg‘onistonga ajratilgan deyarli 94 million yevro gumanitar yordam, jumladan, yaqinda ro‘y bergan zilzilalardan keyin berilgan 4,5 million yevrodan iborat yordamga qo‘shimcha bo‘ladi.

Qo‘shimcha qilinishicha, “Yevropa Ittifoqining Afg‘onistonga gumanitar yordami faqat joylardagi hamkorlar orqali amalga oshiriladi”.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »