Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga yuborilgan G‘arb qurollarining bir qismi noqonuniy qurol bozori orqali Yaqin Sharqqa va “Tolibon”ga sotilayotganini aytgandi. Afg‘oniston muvaqqat hukumati mazkur ayblovni rad etdi. Bu haqda TOLOnews xabar berdi.

Foto: Ariana News

“Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid Rossiya prezidentining da’vosini rad etdi.

“Biz bu da’voni rad etamiz, u haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Afg‘onistonga qurollar olib kelinmaydi va bu yerdan boshqa davlatga yuborilmaydi. G‘alabadan so‘ng Islom Amirligiga qoldirilgan qurol va jihozlarning hammasi xavfsiz”, — dedi Mujohid.

Biroq, ayrim ekspertlarning fikricha, Rossiya prezidentining mazkur bayonoti yuzasidan tekshiruv o‘tkazilishi kerak.

“Bu masala qo‘shimcha tekshiruvga muhtoj, qachonki bizda hujjatlar bo‘lsa, bu masala bo‘yicha izoh berishimiz mumkin. Ammo Ukrainadagi g‘arb qurollari turli xaridorlarga keng miqyosda sotilayotgani aniq”, — dedi TOLOnews telekanaliga harbiy tahlilchi Asadulla Nadim.
“Ukrainaning Afg‘oniston bilan chegarasi ham, yaxshi munosabatlari ham yo‘q. Shunday qilib, bunday voqea sodir bo‘lganda, yagona yo‘l Rossiyadan Markaziy Osiyo davlatlari orqali, keyin esa Afg‘onistonga borishdir”, — dedi yana bir harbiy tahlilchi Sarvar Niyoziy.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »