Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘oniston shimolidagi Balx viloyatida O‘zbekiston bilan chegaradosh Qo‘shtepa kanalining birinchi qismini foydalanishga topshirish va ikkinchi qismini qurishga start berish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Marosimda so‘zga chiqqan “Tolibon” bosh vaziri o‘rinbosari Abdulg‘ani Barodar Qo‘shtepa kanalining ishga tushirilishi Afg‘onistonda suv resurslarini boshqarish uchun zarurligini ta’kidladi.

Foto: “Daryo”

“Tolibon” mudofaa vaziri esa Qo‘shtepa kanali taraqqiyotiga aralashayotganlarning “qo‘lini kesib tashlash” bilan tahdid qildi.

Shu bilan birga, “Tolibon” vakillari o‘z nutqlarida Markaziy Osiyo mintaqasi davlatlari, xususan, O‘zbekistondan ushbu kanal qurilishidan xavotirga tushmaslikni so‘radi, deyiladi xabarda.

Qo‘shtepaning birinchi uchastkasi uzunligi 108 kilometr bo‘lib, qurilish belgilangan muddatdan 8 oy oldin yakunlandi. Amudaryo suvini Afg‘onistonga buradigan kanalning umumiy uzunligi 285 kilometrni tashkil etadi.

Ayni paytda “Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev Qo‘shtepa ishga tushirilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun suv taqchilligi yuzaga kelishi sababli keskinlik kuchayishidan xavotir bildirdi. U mintaqa davlatlari Mamlakatlararo muvofiqlashtiruvchi suv komissiyasi doirasida kelishilgan kvotalar bo‘yicha suvni baham ko‘rishini eslatdi. Biroq Amudaryoning boshida bo‘lgan Afg‘oniston hech qanday kelishuvlar bilan tiyilmagan, mamlakat qo‘shni davlatlar bilan hisoblashmasdan suv olishi mumkin.

Sentyabr oyida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan bu borada xavotirlar bildirilgandi. Prezident Afg‘onistonni suv resurslarini bo‘lishish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb qilishni taklif etdi.

Bunga javoban “Tolibon” hukumatidagi Suv xo‘jaligi va energetika vazirligi rahbari Abdulatif Mansur amaldagi afg‘on hukumati Amudaryodan suv olish bo‘yicha hech qanday kelishuvlar bilan cheklanmaganini ta’kidladi.

“Shavkat Mirziyoyevning Amudaryo va Qo‘shtepa kanali suvlari bilan bog‘liq xavotirlari kelishuv bo‘yicha majburiyatlar buzilgan taqdirda o‘rinli bo‘lar edi. Ammo bu holatda biz hech qanday majburiyatlarni qabul qilmaganmiz. Hech qanday kelishuv yo‘q. Shuning uchun biz o‘zimiz zarur deb bilgan ishni qilamiz”, — dedi Mansur.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »