Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Amudaryoning Balx qismidagi Qo‘shtepa kanali qurilishining birinchi bosqichi yakunlanmoqda. Kanal suvining Afg‘oniston shimolidagi hududlarga yo‘naltirilishi Turkmaniston va O‘zbekistonnning ayrim viloyatlarida suv taqchilligiga olib kelishi mumkin.

Uzunligi 285 kilometr, eni 108 metr, chuqurligi 8,5 metr bo‘lgan Qo‘shtepa kanali suvi o‘z yo‘nalishi bo‘ylab 550 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishi kerak. 

Kanalning Balxdagi bir qismining ko‘priklari qurilishi yakunlangan, yana bir qismi kelasi yili quriladi. Mutasaddilarning so‘zlariga ko‘ra, ikkinchi bosqich ishlari “tez orada va kechiktirilmasdan” boshlanadi.

Qo‘shtepa milliy loyihasining ijrochi mulozimlariga ko‘ra, 108 kilometr uzunlikdagi ushbu kanalning birinchi bosqichi oktyabr oxirigacha yakunlanib, foydalanishga topshiriladi. 

Transport ko‘prigi muhandisi va ushbu loyihaning ijrochi amaldorlaridan biri Amiriyga ko‘ra, Mozori Sharif-Xayraton ko‘prigi va Xat-Ohan ko‘prigi qurilishi davom etmoqda, 96 foiz ish bajarilgan. O‘tgan haftada Sarband suvi (Tojikiston) Qo‘shtepa kanalining 42 kilometriga oqib kelgan.

O‘zbekiston prezidenti Qo‘shtepa kanali haqida

Shavkat Mirziyoyev 15-sentyabr kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida Qo‘shtepa kanali qurilishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tgandi.

“Mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, mintaqamizda suvdan foydalanish jarayonida bizning mamlakatlarimiz bilan hech qanday majburiyat asosida bog‘lanmagan yangi ishtirokchi paydo bo‘ldi. Afg‘on tomoni kanalni qurish bo‘yicha faol ish olib borayotganini yaxshi bilasiz. Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin”, — degan prezident.

Mirziyoyev Qo‘shtepa kanalining qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga ta’siri bilan bog‘liq barcha jihatlarni mamlakatlardagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhini shakllantirish zarurligini aytgan. 

Prezident Afg‘oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etgan.

Afghanistan to Build Large Canal on AMu River; Turkmenistan, Uzbekistan  Worried: Experts - Khaama Press

“Tolibon” munosabati

“Tolibon” Afg‘onistonning Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuvi yo‘qligi, Afg‘oniston suv resurslaridan foydalanish huquqiga ega ekanini aytdi. Afg‘onistonning amaldagi hukumati qo‘shni davlatlar xavotirlarini bartaraf etish uchun Amudaryo suvi muammosini muhokama qilishga tayyor.

“Afg‘oniston Amudaryo suvidan foydalanishga mutlaqo haqli. Bu huquq Afg‘onistonga xalqaro konventsiyalar bilan berilgan va Afg‘oniston Amudaryo suvining 27-30 foiziga egalik qiladi”, — degan suv xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassis Najibulla Sadid.

Qo‘shtepa kanali qurilishining ehtimoliy oqibatlari

The Economist prognoziga ko‘ra, agar kanal qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Kanal Amudaryo suvini O‘zbekiston bilan chegaraga yo‘naltiradi. Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini O‘zbekistondan import qilishi hisobga olinsa, “Tolibon” qo‘shni respublikaga qarshi chiqolmaydi. 

“Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonni 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda, agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz yo‘qotsa, O‘zbekiston 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, — deyiladi yana bir prognozda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »