Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qurg‘oqchilikdan aziyat chekayotgan Afg‘oniston uchun Amudaryoda Qo‘shtepa kanalining qurilishi najot bo‘lishi mumkin, biroq bu quyi oqimdagi Turkmaniston va O‘zbekistonda suv tanqisligi tahdidini kuchaytiradi. Bu haqda CabarAsia xabar berdi.

Foto: Khaama Press

Qo‘shtepa kanali loyihasi Turkmaniston bilan chegaradosh Balx viloyatida amalga oshirilmoqda.

Planet Lab sun’iy yo‘ldosh suratlari 2022-yilning martidan 2023-yilning 19-mayigacha afg‘onlar 285 kilometr uzunlikdagi kanalning taxminan 100 kilometrini (kengligi 100 metr va chuqurligi 8 metr) qurishga muvaffaq bo‘lganini ko‘rsatadi. Amaldagi qurilish usullari eskirgan.

“Kanal tubi va qirg‘oqlarini to‘g‘ri mustahkamlamasdan shunchaki ‘qazish’... Bunday yondashuv jiddiy xavf tug‘diradi, chunki suvning qumli tuproqqa qorishib ketishi sug‘oriladigan yerlarning sho‘rlanishi va botqoqlanishiga xizmat qiladi”.

Kanal Afg‘onistonning qurg‘oqchil shimoliy Qaldar, Balx, Juzjon va Faryob viloyatlaridagi 550 ming gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda yordam berishi kutilmoqda.

Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, 5-6 yil ichida ushbu kanal ishga tushirilgach, Turkmaniston va O‘zbekistonning Amudaryodan suv olishi 80 foizdan 65 foizga qisqaradi.

“Markaziy Osiyo davlatlari bundan keyin ham suv masalasida Afg‘onistonni eʼtibordan chetda qoldira olmaydi. Iqlim o‘zgarishining mintaqaga ta’sirini hisobga olgan holda, mamlakatlar suv inqirozining yangi muammolariga tayyorlanishi kerak”.

Ekspertlarning fikricha, Turkmaniston va O‘zbekiston barqaror qishloq xo‘jaligi modellariga o‘tishi kerak:

  • qishloq xo‘jaligi ekinlarni diversifikatsiya qilish;
  • tomchilatib sug‘orishni joriy etish;
  • kollektor-drenaj suvlaridan qayta foydalanish.

Muzokara istiqbollari haqida

“O‘zbekiston Afg‘onistonning xalqaro maydondagi nufuziga qonuniylik berish orqali Afg‘oniston bilan hamkorlikni mustahkamlashga intilishini prognoz qilish mumkin”.

Shartnomalarning barter tizimidan foydalangan holda, O‘zbekiston qishda elektr energiyasini yetkazib berish evaziga yozda suv oqimlarining o‘tishini osonlashtirishi mumkin.

O‘zbekiston, shuningdek, Afg‘oniston bilan muloqot vositalaridan biri bo‘ladigan Transafg‘on temir yo‘li qurilishiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda.

Turkmanistonga kelsak, Afg‘onistonga gaz yetkazib berish va uning Pokistonga tranziti bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanishi kutilmoqda.

“Shu bois Turkmanistonga kanal faoliyatini tartibga solish bo‘yicha kelishuvga erishish osonroq bo‘ladi”

Yaqinda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev Afg‘oniston hukumati bilan qo‘shma ishchi guruh tuzish bo‘yicha kelishuvga erishilganini maʼlum qildi.

Mahalliy ekspertlarning “Daryo”ga aytishicha, Turkmanistondagi umumiy suv oqimining qariyb 90 foizi Amudaryo hissasiga to‘g‘ri keladi va yaqinda O‘zbekiston bilan suv masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiya tuzilgan.

Turkmaniston Qozog‘iston, O‘zbekiston, Eron va Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lib, kelishilgan kvotalar bo‘yicha to‘rtta transchegaraviy daryolar: Amudaryo, Tejen, Atrek va Murg‘obdan yetkazib beriladigan suv resurslaridan foydalanadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »