Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” Afg‘onistonning Amudaryo suvi bo‘yicha qo‘shnilar bilan hech qanday kelishuvi yo‘qligi, Afg‘oniston suv resurslaridan foydalanish huquqiga ega ekanini aytdi. Bu haqda “Tolibon” harakatining Suv va energetika vazirligi Abdul Latif Mansur TOLOnews nashriga xabar berdi.

Foto: Videodan kadr

Abdul Latifning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning amaldagi hukumati qo‘shni davlatlar xavotirlarini bartaraf etish uchun Amudaryo suvi muammosini muhokama qilishga tayyor.

“Xavotir bildirayotganlar kelishuv asosida shunday qilishi kerak, lekin Afg‘onistonning hech kim bilan suvga oid hech qanday kelishuvi yo‘q, bu sohada hech qanday kelishuv yoki shartnoma bo‘lmagan. Agar kelishuv buzilsa, biz xavotir bildiramiz. Hozirgi vaziyatda Amudaryo havzasida hech kim bilan kelishuvga ega emasmiz”, — dedi Mansur.

Afg‘onistonda bir qancha iqtisodchilar va suv xo‘jaligi mutaxassislari hozirgi qurg‘oqchilik inqirozi tufayli mamlakatning turli qismlarida suv to‘g‘onlari qurish va suv resurslaridan foydalanish zarurligini aytgan. 

“Afg‘oniston Amudaryo suvidan foydalanishga mutlaqo haqli. Bu huquq Afg‘onistonga xalqaro konventsiyalar bilan berilgan va Afg‘oniston Amudaryo suvining 27-30 foiziga egalik qiladi”, — degan suv xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassis Najibulla Sadid.
“Hududda suv bilan bog‘liq nizolar bo‘lishi mumkinligini kutgandik. Chunki biz mintaqadagi suv manbai bo‘lib, bu suvni iste’mol qilmasak ham, u boshqa davlatlar tomonidan suv resursi sifatida qaralmoqda”, — dedi Mansur.

O‘zbekiston prezidenti Qo‘shtepa kanali haqida

Shavkat Mirziyoyev 15-sentabr kuni Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida Qo‘shtepa kanali qurilishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tgandi.

“Mohiyat-e’tiboriga ko‘ra, mintaqamizda suvdan foydalanish jarayonida bizning mamlakatlarimiz bilan hech qanday majburiyat asosida bog‘lanmagan yangi ishtirokchi paydo bo‘ldi. Afg‘on tomoni kanalni qurish bo‘yicha faol ish olib borayotganini yaxshi bilasiz. Uning ishga tushirilishi Markaziy Osiyodagi suvdan foydalanish tartibi va muvozanatini tubdan o‘zgartirib yuborishi mumkin”, — degan prezident.

Mirziyoyev Qo‘shtepa kanalining qurilishi va uning Amudaryo suvidan foydalanish tartibiga ta’siri bilan bog‘liq barcha jihatlarni mamlakatlardagi tadqiqot institutlarini jalb etgan holda o‘rganish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhini shakllantirish zarurligini aytgan. 

Prezident Afg‘oniston vakillarini suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etish masalasini ko‘rib chiqishni taklif etgan.

Qo‘shtepa kanali qurilishining ehtimoliy oqibatlari

The Economist prognoziga ko‘ra, agar kanal qurib bitkazilsa, mintaqaviy mojaroning kuchayishiga olib kelishi mumkin. Kanal Amudaryo suvini O‘zbekiston bilan chegaraga yo‘naltiradi. Afg‘oniston elektr energiyasining katta qismini O‘zbekistondan import qilishi hisobga olinsa, “Tolibon” qo‘shni respublikaga qarshi chiqolmaydi. 

“Iqlim o‘zgarishi O‘zbekistonni 15 foiz suv yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda, agar kanal qurilishi ortidan yana 10 foiz yo‘qotsa, O‘zbekiston 25 foiz suv yo‘qotishi mumkin”, — deyiladi yana bir prognozda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »