Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivanning aytishicha, Amerika qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib chiqilishi AQSH armiyasini kattaroq qiyinchiliklarga tayyorlash uchun zarur bo‘lgan.

Foto: The White House

Sallivanga ko‘ra, bu qarorni qabul qilish afg‘onlar va Amerika kuchlari uchun qiyin bo‘lgan, ammo AQSH o‘z oldidagi muammolarga tayyorlanishi kerak edi.

Uning aniqlik kiritishicha, Jo Baydenning maqsadi o‘z mamlakati harbiy kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqib ketish va mamlakatdagi eng uzoq davom etgan urushni tugatish, Vashingtonning mudofaa siyosatini hozirgi voqeliklardan kelib chiqib yuritish, jumladan, Rossiya va Xitoy kabi kattaroq kuchlar bilan to‘qnashga tayyorgarlik ko‘rish bo‘lgan.

“AQSH Afg‘onistonda xalqaro terrorizmni masofadan nishonga olishni davom ettiradi, ammo endi uzoq muddatli urushlarda qatnashmaydi”, — dedi Sallivan.

AQSH harbiylarining Afg‘onistondan olib chiqilishi

AQSH harbiy kuchlari Afg‘onistonda 2001-yildan beri bo‘lib turgandi. Mamlakatdagi missiya 2001-yil 11-sentyabrdagi terrorchilik hujumlaridan so‘ng boshlangan. Hujumlar uchun javobgarlikni “Al-Qoida” o‘z zimmasiga olgan. Taxminan, 3 ming kishi Nyu-Yorkdagi teraktlar qurboniga aylangan, hujumning asosiy nishoni Jahon savdo markazi va Pentagon bo‘lgan.

Terrorchilik hujumlaridan so‘ng kichik Jorj Bush hujumlarda ishtirok etgan terrorchilarni yo‘q qilishga qaratilgan “Yengilmas ozodlik” operatsiyasini boshlashga buyruq berdi. Afg‘onistondagi urush ushbu operatsiyaning asosiy qismiga aylandi. Pentagonning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 2001-yildan 2014-yilgacha rasman davom etgan operatsiyada 2 218 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan.

Ushbu statistika 2014-yil AQSH armiyasi tomonidan Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha NATOning qo‘shma operatsiyasi e’lon qilingandan beri ko‘rilgan zararlarni o‘z ichiga olmaydi. Qo‘shma Shtatlar jangovar harakatlarni rasman to‘xtatganiga qaramay, Amerika harbiylari “Tolibon” bilan to‘qnashuvlarda ishtirok etishda va terrorchilar pozitsiyalariga zarba berishda davom etdi.

Afg‘onistondan NATO qo‘shinlarini olib chiqish 2021-yil 29-aprelda boshlangan, AQSH va “Tolibon” o‘rtasida tuzilgan kelishuvga binoan 30-avgust kuni Amerika armiyasi o‘z kontingentini Afg‘onistondan olib chiqishni yakunladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »