Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Respublikachilardan AQSH prezidentligiga nomzod Nikki Xeyli kelasi yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, “Tolibon” nazorat qilayotgan Afg‘onistonga AQSHning barcha yordamlarini to‘xtatishini aytdi.

Foto: AP Photo

Amerikaning Washington Freebeacon nashriga bergan intervyusida Xeyli Jo Bayden hukumatining “Tolibon”ga nisbatan olib borayotgan siyosatini qattiq tanqid qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondan AQSH qo‘shinlari “halokatli tarzda olib chiqib ketilganidan” ikki yil o‘tsa ham, Bayden amerikalik soliq to‘lovchilarning pullarini “Tolibon”ga jo‘natishda davom etmoqda.

 “Tolibon qo‘shinlarimizni o‘ldirgan va o‘z xalqini qiynoqqa solayotgan terrorchi rejim”, — deb ta’kidladi u.

Xeyli agar u prezident bo‘lsa, “terrorchi, Amerikani yomon ko‘radigan davlatlarga” bir sent ham yubormasligini aytdi.

AQSHda 2024-yilgi prezidentlik saylovlari uchun boshqa nomzodlar ham Bayden ma’muriyatining Afg‘onistondagi siyosati va mamlakatdan AQSH askarlarini evakuatsiya qilish usulini qattiq tanqid qilgandi. Jumladan, Donald Tramp Afg‘onistonda “Tolibon”ning hokimiyat tepasiga kelishida Baydenni javobgar deb hisoblaydi.

Afg‘onistonni qayta tiklash bo‘yicha maxsus inspektor idorasi (SIGAR) maʼlum qilishicha, “Tolibon” hukumat tepasiga kelganidan buyon AQSH Afg‘onistonga 2,35 milliard dollardan ortiq yordam ko‘rsatgan

Idora AQSH haligacha Afg‘oniston xalqi uchun eng katta donor ekanini ta’kidladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »