Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Suriya shimoli-sharqidagi AQSH harbiy bazalari o‘qqa tutildi. Al-Mayadeen telekanali ma’lumotlariga ko‘ra harbiylar halok bo‘lgan. Bu AQSHning Suriya sharqidagi obyektlarga uyushtirgan hujumlariga javob zarbalari ekani aytilmoqda.

Foto: Al-Mayadeen

Qayd etilishicha, Dayr-az-Zor viloyatida joylashgan Koniko gaz koni yaqinida AQSH harbiy bazasi tomon 15 ta raketa uchirilgan. Nishon — harbiylar shtabi va qurol-yarog‘ ombori. Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kamida 10 ta vertolyot yaralangan amerikaliklarni Iroqdagi harbiy gospitalga olib ketgan. Halok bo‘lganlar soniga aniqlik kiritilmagan.

Shuningdek, AQSHning Hasaka viloyatidagi “Ash-Shaddadi” bazasi uchta uchuvchisiz boshqariladigan uchish qurilmasining hujumiga uchradi. Hujumlar uchun mas’uliyatni Isoil bilan urushda HAMASni qo‘llab-quvvatlayotgan “Iroqdagi islomiy qarshilik” harakati zimmasiga oldi.

Mazkur hujumlardan oldin AQSH Harbiy-havo kuchlari Suriya shimolidagi qurol-yarog‘ omboriga, Isroil qo‘shinlari esa mamlakat janubidagi nishonlarga hujum uyushtirgandi. Pentagon rahbari Lloyd Ostinning ta’kidlashicha, AQSH Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi tomonidan foydalanib kelingan obyektlarga zarba bergan. Buning fonida Amerikaning Suriya va Iroqdagi bazalari yana hujumga uchragan, Yamanda esa AQShga tegishli dron urib tushirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »