Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov Oleksandr Usik hamda Tayson Fyuri o‘rtasidagi mutlaq chempionlik jangiga munosabat bildirdi. 

“Ikki-uch jangdan keyin biz ham katta janglarda chiqamiz. Agar o‘shanda Tayson Fyuri yoki Oleksandr Usik faoliyatini yakunlamasa, ular bilan ham ringga ko‘tarilishim mumkin. Ular bilan jang qilishni juda ham xohlardim.

Yaqinda ularning mutlaq chempionlik jangi bo‘lib o‘tadi. Menimcha, o‘sha jangda Usik g‘alaba qozonadi. Albatta, bu boks. Bitta zarba hamma narsani hal qilishi mumkin. Ikkalasiga ham omad tilayman”, — deydi Bahodir.

Eslatib o‘tamiz, super og‘ir vazn toifasida WBA Super, IBF, WBO va IBO kamarlari sohibi Oleksandr Usik va WBC chempioni Tayson Fyuri o‘rtasida mutlaq Jahon chempionligi uchun jang 2024-yil 17-fevralda bo‘lib o‘tadi. Katta boks oqmoshi Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tkaziladi. 

Dastlab, jang 23-dekabrda bo‘lib o‘tishi aytilgandi. Biroq, Taysonning vakillari jang sanasi o‘zgarishini ma’lum qilgandi

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »